Diyorimiz O’zbekistonni mustaqil Davlat – respublika huquqiga yega bo’lishi xalq ta’limi tarmoqlari zimmasiga juda muxim va xayrli vazifalarni yuklamoqda. Shulardan biri o’z ona yurt, viloyat tabiati, tarixi, iqtisodi va madaniyatini yoshlarga obdon o’rgatish, ularga milliy ong, milliy tuyg’u va vatanparvarlik kabi yuksak insoniy tuyg’ularni shakllantirish burchidir.