Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv ishidan chiqarilgan ilmiy xulosa va qarashlardan xalq og’zaki poetik ijodi bo`yicha qilinadigan tadqiqotlarda foydalanish mumkin. Umumiy o`rta ta’lim tizimida adabiyot fanida “Alpomish”dostoni, umuman maktab adabiy ta’limidagi xalq dostonlarini o`qitishda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida folklorshunoslikka doir mavzularni o`rganishda amalga oshirilgan ilmiy-nazariy qarashlarni qo`llash mumkin.