Qator oralari ishlanadigan ekinlar (g’o’za, kanop, lavlagi, makkajo’xori, oq jo’xori, sabzavot, poliz ekinlari va boshqalar) egat olib sug’oriladi. Boshoqli don ekinlari va bir yillik hamda ko’p yillik o’tlar pol olib bostirib sug’oriladi. Sholi esa chek olib bostirib sug’oriladi.