Mazkur metodik qo’llanma namunaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, kasb-hunar kollej o’quvchi-talabalari uchun mo’ljallangan. Qo’llanmada ona tili fani mavzu va rejalari, ma’ruza matnlari, tayanch tushunchalar, topshiriqli mashqlar, shuningdek, mavzuni mustahkamlovchi savol va testlar o’rin olgan. Mavzular so’ngida fonetika, leksikologiya, frazeologiyaga oid amaliy mashg’ulotlar, namunali dars ishlanmasi hamda nazorat testlari jamlangan.
Ushbu qo’llanma o’quvchi-talabalar, abituriyentlar, ona tili va adabiyot o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.