XIX asrning birinchi yarmida G`arbiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-gumanitar fan vakillari Osiyo mamlakatlari, jumladan,musulmon dunyosi davlatlarining qadim tarixi, tilshunosligi, arxeologiyasi bilan jiddiy shug`ullana boshladilar. Bu holat Fransiya imperatori Napaleon Bonapartning Misrga yurishlaridan keyin an’anaviy tus olgan.