«Xavfsizlik» tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turlicha ma’noda talqin etiladi. Shunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi. Mazkur mayn ma`ruzada yuqoridagi masalalar va nazariy yechimlar bayon etilgan.