O`zbekistonda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarda Qashqadaryo vloyatida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirib borish iqtisodiy-tarkibiy siyosatining muhim strategik yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo`nalishlarning tarkibiy qismi sifatida viloyat aholisining asosiy daromad manbalaridan biri bo`lishi bilan bir qatorda, mamlakat aholisi va qayta ishlash korxonalarining qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlarini hamda talablarini qondirish, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o`sishning muhim omili sifatida katta ahamiyatga egadir.