Kompyuter dunyosida ko`plab dasturlash tillari mavjud. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Paskal, C++, kabi tillarda yozish mumkin. Lekin, qaysi dasturlash tili yaxshi? Bu savolga javob berish oddiy emas. Biroq shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Pascal tili boshqa tillarga qaraganda dastur tuzishni o`rganish uchun ancha qulay til bo`lib hisoblanadi.