Malakaviy bitiruv ishining maqsadi hozirgi kunda O’zbekistonda shakllanib va rivojlanib borayotgan ijtimoiy ish xodimlarini professional darajada tayyorlash tizimini taqdiri va kelajagi ko’p hollarda davlatga va fuqarolik jamiyatiini kuchlilik darajasiga bog’liqdir. Fuqarolik jamiyatini yanada samarali qilish esa uni tarixiga nazar solib boy tarixiy tajribalarni umumlashtirib ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun ilmiy shart-sharoit yaratishga bog’liq. Shuning uchun malakaviy bitiruv ishimizda mamlakatimiz hududida fuqarolik jamiyatini shakllanish jarayonini, turli davrlardagi holatini va oilaga ta’sirini o’rganishni maqsad qilib qo`yilgan.