Tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida fikr yuritganda, uning aniq maqsadga yo’naltirilgan hodisa ekanligi ta’kidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi o’rinda turar ekan.