Ushbu o`quv qo’llanmada bozor munosabatlari sharoitida korxonalarda biznes-jarayonlarini modellashtirish masalalari ko`rib chiqilgan. Korxonalarda biznes-jarayonlarining mohiyati, jarayonli boshqaruv, biznes-jarayonlari reinjiniringi, respublikamizda biznesning rivojlanishi, biznes jarayonlarida iqtisodiy-matematik usullar va modellarning hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llanishi masalalari batafsil yoritib berilgan.