Adabiyot haqida yoshligidan kitobga mehri tushgan, kitob ichida o’sgan odamgina gapirishga haqli bo’lsa kerak. Keyincha katta bo’lib, sababi tirikchilik, adabiyotshunoslikka qo’l urgan kishilarning so’zlari bu dargoh uchun begona so’zlardir. Ular yo o’zgalardan ko’chirma qiladilar, yo chinakam adabiyot uchun yot bo’lgan qarashlarni unga tirkamoqchi bo’ladilar. Bu ishlarni ko’ra bila turib qiladilarmi, yo ko’r-ko’ronami, bunisining oxir-natija uchun unchalik ahamiyati yo’q.