Kadrlar tayyorlashning milliy dasturiga binoan O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining o’zbek modelini ishlab chiqish, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantirish, o’qitish jarayoni samaradorligini oshiruvchi ta’lim texnologiyalarni va faol metodlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish yo’nalishlarini o’rganish, tatbiq etish muhim vazifalardan iborat ekanligi haqida fikrlar bildirilgan. Bu vazifalar bevosita ta’lim jarayonida ilg’or ta’lim texnologiyalarini loyihalash yoki faol metodlardan unumli foydalanish tizimini ishlab chiqish va sh u asosida KHK o’quvchilariga berilayotgan bilim saviyasini oshirish va o’quvchilarning mustaqil bilim olishga o’rgatuvchi metodlardan samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.