Mehnat talimi umumiy o`rta talim muassasalari o`quv fanlari qatorida kasb tanlashga yo`llash ishlarini yo`lga qo`yishda eng qulay imkoniyatlarga ega. Ushbu imkoniyatlar asosan mehnat talimidan umumiy o`rta talim o`quv dasturining 8-9 sinflari uchun ko`zda tutilgan «Kasb yo`naltirish asoslari» kursida hamda darsdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Qayd etilgan ta’lim shakllaridan ko`zda tutilgan maqsad o`quvchilarni shaxsiy sifatlari va salomatligiga, respublikamiz va mahalliy-hududiy sharoitga mos keluvchi kasbni to`g`ri tanlagan holda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o`qishga yo`naltirishdan iborat.