Mazkur Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti sifatida milliy hunarmandchilik va turizm markazlari bo’lgan Farg’ona vodiysi shaharlari, shaharchalari tanlangan. Uning predmeti esa milliy hunarmandchilik va turizm rivojlanishi bilan shahar va shaharchalardagi ijtimoiy – geografik jarayonlar va munosabatlar, shu jumladan mehnat munosabatlari tashkil etadi.