O`zbekistonning davlat mustaqilligi ma`naviy hayotimizda katta burilish bo`ldi. Zero bu mustaqil insoniyat tarixiy taraqqiyotning ilk bosqichlaridan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy rivojlanishning xozirgi bosqichlariga yetib kelgan xalqimiz taqdiriga yangi istiqbollar ochib berdi. Bu - anglangan zarurat ekan, shu bilan birga o`tmishda moddiy va ma`naviy madaniyat bunyod etgan ajdodlarimiz yozib qoldirgan ma`naviy qadriyatlarni qayta tiklash, ulardan imkon qadar foydalanish- shu kungi dolzarb vazifamiz ekanligini ham unutmasligimiz kerak.
Mazkur risola ushbu masalalarga qaratilib, uning muallifi -SamTI falsafa kafedrasining dotsenti D. Yuldasheva juda ajoyib o`quv materiali to`plabdi. Undan talabalar falsafa, madaniyat va ma`rifat asoslari, madaniyatshunoslik fanlarini o`zlashtirish jarayonida qo`llasa foydadan xoli bo`lmas edi.