Ushbu uslubiy ko`rsatma "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti" fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish jarayonida talabalarga metodik jihatdan yordam berishga mo`ljallangan o`quv adabiyoti sifatida ishlab chiqildi. Uslubiy ko`satmaning afzallik jihati shundaki, fanning namunaviy dasturida ko`rsatilgan laboratoriya mashg`ulotlari mavzulariga mos bo`lib, talabalar aynan mashg`ulotni qay tartibda bajarishi to`g`risida yetarli ma`lumotlar berilgan.