Yerga ishlov bermasdan unda ekin yetishtirib bo’lmaydi. Tuproq o’simlik ildizi uchun yetarli darajada yumshoq bo’lganda, uning suv-fizik xususiyatlari va mikroorganizmlarning faoliyati yaxshi bo’ladi. Yerni ishlash deganda uni shudgor qilish, tekislash, boronalash, kulti-vatsiyalash, chizellash, mola bosish kabilar tushuniladi.
Bir-biri bilan bog’liq holda o’tkaziladigan tuproqqa har xil mexanik ta’sir etishlarga yerni ishlash tizimi deyiladi.