Lalmikorlikda qattiq bug’doy navlari don hosili va sifatiga ekish muddatlarining tasiri

Lalmikorlikda qattiq bug’doy navlari  don hosili va sifatiga ekish muddatlarining tasiri
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Boshqa
Turi:
Bitiruv malakaviy ishi
Nashr etilgan yili:
2014
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-12 00:24:27
Ma’lumki, O’zbekistonda bug’doyning ikki turiga mansub navlari ekib kelinmokda. Bug’doyzorlarning asosiy qismida yumshoq bug’doy (Triticum aestivum) juda oz qismida qattiq bug’doy (Triticum durum) yetishtirilmoqda. Mamlakatimizda Davlat reyestriga kiritilgan qattiq bug’doy navlari asosan bahori va duvarakdir. Bu xususiyati hamda donning sifati yuqoriligini, xarid narxlari yumshoq bug’doynikidan 30-50 % qimmatliligini hisobga olsak ular tobora rivojlanayotgan makaron –konditer sanoati ehtiyojiga to’liq javob beradi. Qattiq bug’doy doni makaron va makaron mahsulotlari tayyorlashda hamda konditer sanoatida ishlatiladigan asosiy xomashyodir. Bunda qattiq bug’doy tovar donining texnologik sifati yuqori bo’lishi talab etiladi. Tovar qattiq bug’doyning xarid bahosi yumshoq bug’doyniki kabi 1-2-3-4 sinf bo’yicha belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 29 mayda tasdiqlagan № 147-sonli boshoqli ekinlar donining kelishilgan xarid narxlari narxnoma bo’yicha 1 tonna qattiq bug’doyning xarid bahosi 1 sinfga 623490 so’m, 2 sinfga 549890 so’m, 3 sinfga 500270 so’m, 4 sinfga 380000 so’m. Bu ko’rsatgichlar tegishli ravishda yumshoq bug’doy uchun 519000; 441430; 380000; 339960 so’mni tashkil etdi binobarin qattiq bug’doyning xarid bahosi barcha sinflar bo’yicha yuqoridir. Bu qattiq bug’doy yetishtirishning ayniqsa, 1 sinfga mansub qattiq bug’doy donining iqtisodiy samaradorligini ko’rsatadi. Keyingi ikki yilda dunyoda qattiq va yumshoq bug’doy donining xarid narxi sezilarli darajada oshdi. Qattiq bug’doy yetishtirish maydonlarini kengaytirilishi respublikamiz iqtisodiyotiga ijobiy tasir ko’rsatadi.

Дабавлено : 2021-04-12 00:24:27

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш