Yoqilg`i manbalaridan tejab foydalanish mexanik energiyani, binobarin, elektr energiyasini olish narxini kamaytirishga intilish, uzluksiz tiklanuvchi energiya manbai bo`lgan shamol energiyasidan keng ko`lamda foydalanishga olib keldi. Hozirgi davrda O`zbekiston energetika sistemasi 19 ming sanoat, 80 ming qishloq xo`jaligi, 19 ming kommunal va 3,5 million maishiy iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi.