Don ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi fani don ekinlarining morfo–biologik xususiyatlarini, seleksiyaning vazifalarini, boshlang`ich materialni yaratish va undan foydalanish usullarini (tanlash, duragaylash, mutagenez, poliploidiya va gaploidiya, geterozis, biotexnologiya va gen injeneriyasi), urug`chiligining nazariy asoslari va usullarini, seleksiyasi va urug`chiligining yutuqlarini o’rganadi.