Bugungi kunda bu islohotlar davom etmoqda. O‟zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta‟lim, bola huquqi sohasidagi jahon ilg‟or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo‟lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‟liq bo‟lgan uzluksiz ta‟lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.