So`ngi yillarda ta’limda uzviylik tamoyilining ko`llanilishiga, uni yanada rivojlantirishga(takomillashuviga) alohida urg`u berilmokda. Buning boisi uzluksiz ta’lim tizimidagi turli bug`inlarini tarkib topganligi va ularda fizika majburiy umumta’lim o`quv fani sifatida mustahkam o`rin egallaganligi, uning mazmunini invariant hamda variativ ko`rinishda tabaqalanganligi deb xulosa qilinmokda. Ushbu yondoshuv o`qitish uslubiyotini zamon talabi doirasida yangilanib borishini, hamda qisqa vaqtda kengroq xajmdagi bilim berish imkoniyatini yaratadi.