Keyingi yillarda akademik litsey matematika dasturidan «Algebra va analiz asoslari» kursi mustahkam o`rin olgan. Shu tufayli akademik litsey matematika kursida tengsizliklarni intervallar metodi yordamida yechish bilan tanishtiriladi.
To`g`ri, algebra elementlari juda murakkab. Lekin hozirgi kunda bilimlarni matematikalashtirish, optimal yechimlar topish davri kelayotgan bir vaqtda o`quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda matematikaning tatbiqiy masalalaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham tengsizliklarni intervallar metodi bilan yechishga o`rgatish bu masalalarni hal qilishga ijobiy yordam beradi degan umiddamiz.