Sarf o`lchagichida toraytirish qurulmasini hisoblash

Sarf o`lchagichida toraytirish qurulmasini hisoblash
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Kurs ishi
Nashr etilgan yili:
2014
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-11 23:47:34
Sanoatning ko`pgina tarmoqlari, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida moddaning sarfi, miqdori va hajmini o`lchash, ularni tekshirish va boshqarishda hamda kerakli xom-ashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosiy o`rin egallaydi. Moddaning miqdori deb ma`lum vaqt oralig`ida quvurning yoki boshqa tashuvchi qurilmasining ko`ndalang kesimidan o`tadigan moddaning massasi yoki hajmining yig`indisiga aytiladi. Moddaning miqdori hajm yoki massa birliklarida ifodalanadi. Hajmning asosiy birligi metrkub (m3), massaning asosiy birligi esa kilogramm (kg). Asbob orqali oqib o`tayotgan moddaning massasi yoki hajmini vaqtning istalgan oralig`ida o`lchaydigan asbob hisoblagich (schyotchik) lar deyiladi. Vaqt birligi ichida quvurning berilgan kesimidan o`tadigan modda miqdori moddaning sarfi deyiladi. Qanday birliklarda o`lchanishiga qarab moddaning sarfi hajmiy va massali bo`lishi mumkin. Hajmiy sarf m3/s larda, massali sarf esa kg/s larda o`lchanadi. Sarfni o`lchash uchun mo`ljallangan asboblar sarf o`lchagichlar deyiladi. O`lchash usuliga ko`ra sarf va miqdorni o`lchash uchun mo`ljal¬langan asboblar quyidagi guruhlarga bo`linadi: tezlik va hajm hisoblagichlari; bosimlar farqi o`zgaruvchan va o`zgarmas sarf o`lchagichlar; o`zgaruvchan sathli sarf o`lchagichlar; elektromagnit va ultratovush sarf o`lchagichlar; tarozilar va dozatorlar; donali mahsulotlarni hisobga olish uchun mo`ljallangan asboblar.

Дабавлено : 2021-04-11 23:47:34

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш