Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash o`rnatish va sozlash

Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash  o`rnatish va sozlash
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Ma`ruza matni
Nashr etilgan yili:
2014
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2021-04-11 23:46:59
YAngi sanoat korxonalarini yaratish va amaldagilarini zamon talablari darajasiga keltirish ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishni ham qamrab olib, u mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, sarf-harajatlar miqdorini kamaytirish, ishlab chiqarish sharoitlarini talab darajasiga keltirish kabi ijobiy samaralarga olib keladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to`xtovsiz rivojlanib, u fan-texnikaning ko`pchilik sohalari bilan bevosita bog’langandir. Moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo`llash, ma`naviy eskirganlarini yangilash va amaldagi avtomatika vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirish uzluksiz davom etadigan jarayondir. Har qanday avtomatlashtirish sistemalarining hayotiy tsiklini shartli tarzda to`rt bosqichga ajratish mumkin, bular: loyihalash, montaj qilish, sozlash ishlari va foydalanish (ekspluatatsiya) bosqichlaridir. Ushbu fanda asosan avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichi o`zlashtiriladi. Bu fanni o`rganish natijasida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak: me`yoriy, standart va ko`rsatma hujjatlar tarkibi bilan avtomatlashtirish sistemalari loyiha hujjatlarining mazmuni bilan loyihalash uchun zarur bo`lgan topshiriqlarni tuzish ishchi va texnik loyihalash bosqichlarida hisoblash ishlari texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish darajasini oshirish va uni baholash Bu fanni o`zlashtirish o`quv rejasida nazarda tutilgan quyidagi fanlar bilan uzviy bog’langan: avtomatik boshqarish nazariyasi sanoat elektronikasi avtomatikaning texnik vositalari metrologiya, texnologik parametrlarni o`lchash usullari va asboblari soha texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish.

Дабавлено : 2021-04-11 23:46:59

Этот категорий

Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти

Бухгалтерский учет и аудит

Қарақалпақ тилинде теңлес еки компонентли фразеологизмлер oқыў - методикалық қолланба

Ижтимоий-маданий фаолиятда сценарийчилик

Озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш