Bugungi kunga kelib esa ilmiy-texnika inqilobi oqibatlari va umumbashariy muammolar hal etilishining keskinlashuvi tufayli hayot ma’nosi ayniqsa dolzarb bo’lib turibdi. Falsafa insonni yaxlit o’rganar ekan, uni bir butun (kosmik) sistema ichidagi alohida yaxlitlik deb biladi va rastional (aql va farosat) nuqtai nazaridan tarixiy mavjudot sifatida o’rganadi.