Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshiri-layotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida, ayniqsa istiqbolda qishloq xo`jaligida asosiy xo`jalik yuritish sub`ektiga aylanayotgan fermer xo`jaliklarining barqaror rivojlanishini ta`minlash strategik vazifa-lardan biri ekanligini e`tirof etish lozim. Shu boisdan ham, iqtisodi-yotni modernizasiyalash va ishlab chiqarishni diversifikasiyalash sharoitida fermer xo`jaliklarining barqaror rivojlanishini ta`minlash uchun ular-ning raqobatbardoshligini oshirishga to`siq bo`layotgan mavjud muammolar, nomutanosibliklarni aniqlash va ularni hal etishning majmuaviy chora-tadbirlarini chuqur tadqiq etish muhim ahamiyatga ega.