Kompyuterda hujjat tayyorlash kompyuter o`yinlari va internet tarmog`ida ishlash bilan bir qatorda, kompyuterda eng ko`p bajariladigan ishdir. Bularning oxirgi ikkitasidan asosan ko`ngilxushlik uchun foydalanishni nazarga olsak, kompyuterdan foydalanuvchilar asosan hujjatlar tayyorlash bilan shug`ullanishlari ma`lum bo`ladi. Hujjatlar matn muharrirlari yoki matn prosessorlari deb ataluvchi dasturlar yordamida tayyorlanadi. Eng sodda matn muharrirlariga misol sifatida Windows tarkibiga kiruvchi Bloknot va Wordpad ni keltirishimiz mumkin.