O`zbekiston xayvonlari paleoarktika zoogeografik oblastning Markaziy Osiyo kichik oblastiga kiradi. Jumhuriyat hayvonot dunyosi juda qadimiyligi bilan ajralib turadi. Ba`zi xayvon turlari jumhuriyat xududining o`zida paydo bo`lsa, ba`zi turlari Turkistonning boshqa joylaridan o`tgan. O`zbekiston xududida paydo bo`lgan hayvon turlariga ingichka barmoqli yumronqoziq, ko`k sug`ur, Bobrinskiy qo`shoyog`i, xo`jasavdogar, qum bo`g`ma iloni, Turkiston gekkoni, Turkiston agamasi, katta kurakburun baliqlar, Orol shipi va boshqalar kirib, ular boshka joylarda deyarli uchraymaydi.