Biosferada quyosh energiyasi hisobiga yashil o`simliklarda eng oddiy anorganik birikmalardan glyukoza va boshqa uglevodlar sintezlanishi – Yerda hayotning davom etishini ta’minlaydigan eng muhim biosintetik jarayon boradi, u fotosintez deb ataladi.. Fotosintez jarayonida geterotrof organizmlar uchun asosiy energiya manbai bo`lgan, uglevodlar sintezi bilan bir qatorda odam va yuksak darajada rivojlangan boshqa organizmlar hayot uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo`lgan kislorod ajraladi: