«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro`yobga chiqarishning ikkinchi bosqichi (2001-2005 yillar)da «…o`quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o`tish to`liq amalga oshiriladi», deb ta’kidlangan. Shuningdek, jamiyatimizning ta’lim muassasalariga qo`ygan buyurtmasi aks ettirilgan ushbu hujjatda «Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish» zarurligi ta’lim muassasalari jamoalariga yuklatilgan.