Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Mustaqil O`zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari sohasi olimlari oldida jahon tarixini, jumladan, Vatanimiz tarixini haqqoniy va to`laqonli o`rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo`yildi. Bu haqda Prezidentimiz I.A. Karimovning mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan uchrashuvdagi, nutqi va ma’ruzalarida hamda davlat va hukumat miqyosida qabul qilingan qarorlarda ham o`z aksini topgan