Ushbu mavzuda kishilik jamiyati rivojlanishining asosi bо`lgan iqtisodiyot tushunchalari, iqtisodiy bilimlarning shakllanishi, iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishi va uning rivojlanishidagi asosiy yо`nalishlar о`rganiladi. Keyin iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bosh masalasi hamda uning vazifalari kо`rsatib beriladi. Shundan sо`ng iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilish mexanizmlari bayon qilinadi, iqtisodiyotni ilmiy bilish usullarining mazmuni hamda mohiyati tushuntiriladi.