Molekulasida halqa hosil bo’lishida uglerod atomlaridan tashqari bashqa atomlar ham ishtirok etishi natijasida hosil bo’lgan moddalar geteroksiklik birikmalar ham deyiladi.Geterosiklik birikmalar siklik uglevodorodlar halqasidagi bitta yoki bir nechta uglerod atomlarini boshqa atomga – geteroatomga almashinishidan hosil bo’ladi. Odatda geteroatom sifatida azot, kislorod va oltingugurt uchraydi.