Sharq adabiyoti an’analari ta’sirida rivojlanib kelgan o`zbek adabiyoti XX asrda mazmunan va shaklan boyib, qator jarayonlarni boshdan kechirdi. Bu davr o`zbek ijodkorlari mumtoz adabiyot an’analarini davom ettirish bilan birga jahon adabiyotining hayotbaxsh tajribalarini ham o`z namunalariga singdira boshladilar. XX asr davr o`zbek adabiyotida bu xususiyat yanada kuchayganligini poema janri misolida ham ko`rish mumkin.