Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ekologik tarbiya berishda xalq topishmoqlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari

Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ekologik tarbiya berishda xalq topishmoqlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Bitiruv malakaviy ishi
Nashr etilgan yili:
2013
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-11 22:07:24
Respublikamizda huquqiy va demokratik jamiyat qurish jarayoni muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bir paytda ma’naviy jihatdan barkamol yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish hamda ularni ona yurtni sevishga, moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylashga, atrof-muhit tozaligini ta’minlashga o`rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Modomiki, kelajagimiz yoshlar qo`lida ekan, boshlang`ich sinfdayoq o`quvchilarni tabiatni asrab-avaylashga oid ekologik bilimlar bilan qurollantirish va tabiat bilan yaqindan tanishtirib borish, ularga ekologik tarbiya berish, shu orqali ularning borliq to`g`risidagi tasavvurini boyitish, dunyoqarashini o`stirish, hayotiy tajribalarini mustahkamlash yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, o`quvchilarga inson umri tabiat bag`rida kechishini, inson va tabiatning o`zaro bog`liqligini, ularning bir-biriga nisbatan ta’sir ko`rsata olishini hamda bu ta’sirlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini anglatish, shu orqali bolalar o`rtasida ekologik tarbiyani yo`lga qo`yish, yosh qalblarda ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg`ularini uyg`otish-bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, boshlang`ich sinf o`quvchilarini tabiat bilan tanishtirish va ularning ekologik tarbiyasini amalga oshirishning qulay pedagogik usullarini ishlab chiqish va didaktik imkoniyatlarga boy tarbiyaviy vositalarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.

Дабавлено : 2021-04-11 22:07:24

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш