Mavzuning dolzarbligi. Shaxs ma’naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo`lgan munosabati, aql-zakovati, fahm-farosati va qadr-qimmati bilan o`lchanadi. Bu kabi ma’naviy axloqiy fazilatlar umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta’sirida o`zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi.