Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida yosh avlod ma’naviyatini shakllantiruvchi vositalar aniq ko`rsatib berilgan. Shunday vositalardan biri xalq og`zaki ijodi ekanligi qayd etilar ekan, boy va bebaho tarixga, madaniyatga, ma’naviyatga ega bo`lgan xalqimizning noyob durdonasi sanalgan “Alpomish” dostoni va uning yoshlar kamolotiga ta’siri xususida e’tiborga molik fikrlarni bayon etadilar.