O’zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga oid manbalarda hozirgi o’zbek adabiy tili XIX-XX asrlarda yoki XX asrning 20-30 yillarida shakllangan degan qarashlar mavjud. Demak, uning yozuv tizimlarini ham XX asr boshidan to hozirga qadar bo’lgan va bo’layotgan jarayonlar bilan bog’lab o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o’z navbatida o’zbek orfografiyasining tarixiy rivojlanish jarayonlarini belgilaydi.