Davlat ta’lim standratlari asosida keng ma’lumotlarni o’z ichiga olgan zamonaviy o’quv qo’llanmalari nashr etilib o’quvchilar qo’liga yetib kela boshladi. Bu darsliklar talabga to’liq javob bera oladi desak bo’ladi. Darsliklarni mavzu aniq va lo’nda berilgan sanalar bir-biriga bog’langan, mavzu esa qo’shimcha ma’lumotlar (xujjat, xikoya, asardan parcha) asosida mustahkamlangan. O’quvchi uchun har tomonlama o’rganishi uchun qulaydir.