Bugungi pеdagogika va unga davr munosabati masalasini o`rganish alohida ilmiy muammoga aylanib bormoqda. Shaxs o`zining ijtimoiy faolligi va o`z sohasining mahoratli mutaxassisi sifatida millat ijtimoiy tafakkurining rivojiga o`z ta`sirini ko`rsata olmog`i lozim. Ijtimoiy faollik yoshlarni ijtimoiy bilimdonlik, ijtimoiy ong asosida ijtimoiy hayotga tayyorgarlik darajasini ta`minlovchi mеzon vazifasini o`taydi.