Mavzuning dolzarbligi. Sharq mintaqasidagi arab xalqlari madaniyati Islom dini madaniyati tufayli xalqimiz madaniyati bilan ilk o`rta asrlar davridan boshlab uzviy bog`langanligi barchaga ma’lum. Mana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan arab mamlakatlari tarixini turli xil nuqtalardan o`rganish, tadqiq etish va tahlil etish hamda chiqariladigan xulosalar natijalariga qarab kelgusidagi munosabatlarimizni belgilab olish bugungi kun uchun muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.