Qadim zamonlardan beri insoniyat o`z tevarak atrofidagi tabiat bilan uyg`unlikda yashab kelgan. U tabiatni “Ona tabiat” deb atagan va unga ehtiyotkorona munosabatda bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan sanoatning rivojlanishi, insoniyatning ehtiyojlari ortishi natijasida tabiat ne’matlariga bo`lgan munosabat ham o`zgarib borgan. Natijada so`nggi asrlarda inson va tabiat orasidagi muvozanat buzilib, tabiatdagi ayrim hayvonot va o`simliklarning yo`qolib ketishi jadallashdi. Buning oldini olish maqsadida 1979 yilda O`zbekiston “Qizil kitob”i ta’sis etildi.