XIV asrning oxiridan boshlab nafaqat Sharqda, balki G`arbiy Yevropa mamlakatlarida ham ijtiomiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda yuksalish jarayoni ro`y bera boshladi. O`rta Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotda Amir Temurning markazlashgan davlatni barpo etishi muhim rol o`ynagan bo`lsa, Yevropaning ko`pgina mamlakatlarida cherkov va dinga qarshi kurash boshlagan ilg`or fikr egalari - gumanistlarning say`-harakatlari moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi ijobiy o`zgarishlarda muhim rol o`ynadi.