Uzoq davrlar mobaynida insoniyat o`z faoliyati uchun faqat determinirlangan deb atalmish qonuniyatlarni o`rganar va ular-dan foydalanar edi. Biroq tasodifiy hodisalar bizning hayotimizga xohish-irodamizdan qat’iy nazar kirib kelgani va bizni doimo o`rab turgani uchun hamda, ustiga-ustak, tabiatning deyarli barcha hodisalari tasodifiy xususiyatli bo`lgani uchun ularni tadqiq qilishni o`rganish va shu maqsadda tadqiqot usullarini ishlab chiqish zarurdir.