Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi bo’g’inidagi ta’lim muassasalari, shu jumladan, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari oldida yangi muammolar, ya’ni o’qitilayotgan fanning o’zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu borada matematika fanini o’qitishda ham turlicha uslublar qo’llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdir.