Suv zaxiralarining sifati eng mudim muammolardan biridir. 60-yillardan boshlab Markaziy Osiyoda yangi erlar keng ko`lamda o`zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektor-zovur tizimlari qurildi hamda daryo suvlari sug`orish uchun muttasil yuqori hajmlarda olindi. SHu bois havza- lardagi suvning sifati tobora yomonlasha bordi