Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kundan boshlab millatning ma`naviyatiga e`tibor qaratish dolzarb vazifa bo’lib maydonga chiqdi. Ushbu vazifaga dastlabki e`tiborni Rеspublika Prеzidеnti I.A.Karimov qaratdi va millat ma`naviyatini yuksaltirish, insonni ahloqiy va ma`naviy yuksaltirish masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligini alohida ta`kidladi.