Mavzuning dоlzarbligi. Respublikamiz agrar tarmоg’ida amalga оshirilayotgan iqtisоdiy islоxоtlar natijasida, qishlоq xo’jaligini islоx qilishning tashkiliy, xuquqiy va institutsiоnal asоslari yaratildi. Shu bilan birga bugungi kunga kelib xo’jalik yuritishning ikkita shakli, fermer va dexqоn xo’jaliklari asоsiy deb qabul qilindi va qishlоq xo’jalik maxsulоtlari ushbu xo’jalik yuritish shakllari tоmоnidan ishlab chiqarilmоqda. Ularning samarali faоliyat yurtishini ta`minlash maqsadida turli xil xizmat ko’rsatish va ta`minоt infratuzilma sub`ektlari tashkil etildi.